“Sport maktablari ligasi” musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi gʻoliblari maʼlum boʻldi

Toshkent viloyatining Qibray tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 2007 va 2008-yilda tugʻilgan BOʻSM va IBOʻSM shugʻullanuvchilari oʻrtasida futzal boʻyicha “SPORT MAKTABLARI LIGASI”ning viloyat final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Final bosqichiga qadar Toshkent viloyatining 4 ta xududlarida jami 40 nafar (2007-yil-20ta, 2008-yil-20ta) jamoalar ishtirok etdi.

Joriy yilning 11-mart kuni 2007-yilda tugʻilgan bolalar oʻrtasida 12-mart kuni esa 2008-yilda tugʻilgan bolalar oʻrtasida filoyat final bosqichi oʻtkazildi. Qizgʻin va munozaralarga boy oʻtgan final bosqichi oʻyinlarida quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

2007-yilda tugʻilganlar:

1-oʻrin – Chinoz tuman BOʻSM;
2-oʻrin – Yuqorichirchiq tuman BOʻSM;
3-oʻrin – IBOʻSM Angren sh boʻlimi.

2008-yilda tugʻilganlar:

1-oʻrin – IBOʻSM Olmaliq sh boʻlimi;
2-oʻrin – Yuqorichirchiq tuman BOʻSM;
3-oʻrin – Olmaliq shahar BOʻSM.

Musobaqa davomida munosib ishtirok etgan iqtidorli futbolchilar va murabbiylar tashkilotchilar tomonidan quyidagi nominatsiyalar boʻyicha mukofotlanishdi:

2007-yil tugʻilganlar:

“Eng yaxshi davozabon” – Abduraxmonov Abdullox (Chinoz);
“Eng yaxshi himoyachi” – Alisherov Shaxriyor (Oqqoʻrgʻon);
“Eng yaxshi xujumchi” – Qoʻldoshev Asilbek (IBOʻSM Angren);
“Eng yaxshi oʻyinchi” – Xaytmatov Baxrom (Yuqori Chirchiq);
“Eng chiroyli gol muallifi” – Axmadjonov Abdulaziz (Oqqoʻrgʻon);
“Eng yaxshi murabbiy” – Ten Yevgeniy Gregoryevich (Yuqori Chirchiq);

2008-yilda tugʻilganlar:

“Eng yaxshi davozabon” – Alimbayev Aziz (Yuqori Chirchiq);
“Eng yaxshi himoyachi” – Choriyev Rustam (Chirchiq shahar);
“Eng yaxshi xujumchi” – Abdunabiyev Aziz (Olmaliq shahar);
“Eng yaxshi murabbiy” – Xabibullayev Dilshod (IBOʻSM Olmaliq).

Musoboqa yakunida tashkilotchilari Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi, IBOʻSM Toshkent viloyati boʻlimi va Toshkent viloyati futbol akademiyasi tomonidan musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazishda yaqindan yordam bergan bir gurux tashkilotchilar va musobaqa gʻolib va sovrindorlari qimmatbaho va esdalik sovgʻalari hamda medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169