O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi raisi Rustambek Djavdatovich Kurbanovning qo’l jangi bo’yicha Osiyo chempionati ochilish marosimidagi so’zi

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi raisi Rustambek Djavdatovich Kurbanovning qo’l jangi bo’yicha Osiyo chempionati ochilish marosimidagi so’zi

Assalomu alaykum, qadrli sportchilar, murabbiylar, sport muxlislari!

Hurmatli Xalqaro qo’l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Aleksandrovich Astaxov va vitse-prezidenti Vladimir Viktrovich Xrunov!

Xonimlar va janoblar, poytaxtimiz mehmonlari!

Barchangizni azim shahar Toshkentda Qo’l jangi bo’yicha Osiyo chempionatida ko’rib turganimizdan behad mamnunmiz!

Jonajon O’zbekistonimiz poytaxti yana bir nufuzli xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqani yuqori saviyada o’tkazish uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Endi navbat bevosita janglarga etib keldi.

Nufuzli turnirda ishtirok etish uchun hozir turgan 15 mamlakatning 170dan ziyod sportchisi muxlislarga 17 vazn toifasida qiziqarli bahslarni tuhfa etadi degan umiddamiz. 68 komplekt medallar bugun va ertaga o’z egalarini topadi. Kim g`olib chiqishidan qat`i nazar, barchangiz Toshkentdan yangi do’stlar orttirib, xush kayfiyatda tarqalasiz deb ishonamiz. Biz barcha sportchilar, shu jumladan o’zbekistonlik 34 vakilimizga ham omad tilaymiz!

Qo’l jangi bo’yicha Osiyo chempionatini ochiq deb e`lon qilaman!

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.08.2019 | 14:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169