Oʻzbekiston Liga kubogi xalqaro musobaqa aylandi

Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Liga kubogi musobaqasining nufuzini oshirish va qiziqarli oʻtishini taʼminlash maqsadida ushbu musobaqada qoʻshni mamlakatlar klublarining ishtirok etishi mumkinligini maʼlum qilib bu borada qoʻshni mamlakat futbol federatsiyalariga xat bilan murojaat qilgan edi.

Murojaatga javoban, 2020-yildan eʼtiboran Tojikiston va Qirgʻiziston mamlakatlaridan bir qator jamoalar Oʻzbekiston Liga kubogida ishtirok etish istagini bildirgan.

PFL Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Liga kubogi musobaqasining 2020-yilgi mavsumida Qirgʻiziston hamda Tojikistondan 4 tadan jamoa qatnashadigan boʻldi. Qirgʻizistonning yetakchi klublari – “Dordoy” (Bishkek), “Alay” (Oʻsh), shuningdek, “Abdish-ata” (Kant) hamda “Kaganat” (Oʻsh) klublari yangi mavsumda Liga Kubogi bahslarida qatnashishini tasdiqlab, rasmiy xat yuborishdi. Shuningdek, Tojikistonning “Hoʻjand” (Hoʻjand), “Regar-TadAZ” (Tursunzoda), “Koʻktosh” (Rudaki) hamda “Istaravshan” (Istaravshan) jamoalari ham Oʻzbekiston Liga Kubogida ishtirok etish niyatida ekanini tasdiqladi.

Qayd etish joiz, qoʻshni respublika jamoalarining Liga kubogi bahslariga qoʻshilishi muxlislar sogʻingan derbilarni qaytarishi mumkin. Zero qoʻshni mamlakatlar yetakchi jamoalarining oʻzaro toʻqnashuvlari ham oʻzbekistonlik, ham qirgʻizistonlik, qolaversa tojikistonlik muxlislarning katta qiziqishga sabab boʻlishi tayin. Shuningdek, xalqaro musobaqalardan chetda qolayotgan klublar uchun ham bunday uchrashuvlar katta tajriba maktabi boʻlishi mumkin.

Liga kubogi ishtirokchi mamlakatlar hakamlari, komissarlari, inspektorlari uchun ham muhim. Ular xalqaro oʻyinlar orqali OFK musobaqalari uchun dastlabki tayyorgarlik bosqichidan oʻtish imkoniga ega boʻladi. Bunda til muammosi deyarli koʻzga tashlanmaydi.

Alohida urgʻu berish lozimki, mazkur musobaqada kelasi mavsumlarda Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari jamoalari ham ishtirok etishlari kutilmoqda. Bu bilan biz Oʻrta Osiyo jamoalarini birlashtirib turuvchi klublar musobaqasiga ega boʻlamiz, CAFA mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlar yana-da iliqlashadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169