Sportda korrupsiyaga oʻrin yoʻq. Navbatdagi davra suhbati shunga bagʻishlandi

Nukus shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5729-son Farmoni ijrosi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda oldimizda turgan dolzarb vazifalar boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi A.Kadirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Q.Reymov, Nukus shahar Adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi B.Saytnazarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasining katta prokurori H.Qoʻshmatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sport maktablari direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, boʻlim uslubchilari va yuriskonsultlari va boshqalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5729-son Farmonining mazmun-mohiyati, vazirlik hamda idoralar oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalar, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar, tashkilotlardagi manfaatlar toʻqnashuvi, odob ahloq qoidalariga amal qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiya xavf-xatarlarini oldini olish, davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlardan oqilona, maqsadli foydalanish hamda 2020-yilda jismoniy tarbiya va sport sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oldimizda turgan dolzarb vazifalar yuzasidan mutasaddi ishtirokchilar tomonidan fikrlar bildirib oʻtildi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar bilan mutasaddilar oʻrtasida boshqa bir qator masalalar boʻyicha ham oʻzaro fikr almashildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169