Hududlar sport turlariga ixtisoslashtiriladi

2020-yil 4-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 122-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqib, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Shunga koʻra, respublika boʻyicha 112 ta OTM, tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Sport turlari boʻyicha sportchilarni saralash va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, sportchilarni tanlash jarayoni quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:

  • 1-bosqich. Bolalar va oʻsmirlarni dastlabki (birlamchi) tanlash;
  • 2-bosqich. Tanlangan sport turi boʻyicha ixtisoslashish talablariga jalb qilingan kontingentni talab darajasida chuqur tekshirish;
  • 3-bosqich. Sportga yoʻnaltirish;
  • 4-bosqich. Terma jamoalarga saralash.

Unga koʻra, davlat xizmati DXMlar yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrsatiladi.

Trener-oʻqituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:

  • ikkinchi toifali trener;
  • birinchi toifali trener;
  • oliy toifali trener.
  • Yoʻriqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
  • ikkinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
  • birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
  • oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi.

Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun quyidagi miqdorda toʻlovlar undiriladi:

  • ariza koʻrib chiqish uchun – BHMning 10 foizi (22 300 soʻm) miqdorida;
  • malaka komissiyasini oʻtkazish uchun – BHMning 1 baravari (223 000 soʻm) miqdorida.

Davlat xizmatini olish uchun YAIDXP orqali murojaat qilinganda koʻrsatilgan toʻlovlar summasining 90 foizi undiriladi.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”, “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar haq toʻlashdan ozod etiladi.

Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga ega boʻlgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.

Mazkur reglament “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169