“Biz korrupsiyaga qarshimiz” – navbatdagi ommaviy yugurish marafoni shiori

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining sport bazasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi.

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi xodimlari hamda “Oʻzbekiston Мilliy tiklanish demokratik partiyasi” aʼzolari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirdan asosiy koʻzlangan maqsad shuki, sportni aholi oʻrtasida yana-da ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5924-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbuslari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmonlari ijrosini taʼminlash munosabati bilan oʻtkazildi.

Ushbu ommaviy yugirish marafonida 100 nafardan ortiq sportchi yoshlar, maktab xodimlari hamda partiya vakillari ishtirok etishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169