“Universiada-2020”: Talaba qizlar Nukusda jam boʻlishdi

Xabaringiz bor, “Universiada-2020” sport oʻyinlarining bu yilgi final bosqichi butun respublika boʻylab oʻtkazilmoqda.

Shu kunga qadar, shaxmat-shashka, stol tennisi va gandbol boʻyicha musobaqalar yakunlanib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri talaba qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha “kichik olimpiada”ga mezbonlik qilmoqda. Musobaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Jizzax va Namangan viloyatidan tashrif buyurgan oliy taʼlim muassasalari vakillari gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

Qiziqarli bahslarga boy oʻtayotgan musobaqa ertaga 4-mart kuni oʻz yakuniga yetadi. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169