Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlariga start berildi

Kecha, 27-fevral kuni Oʻzbekiston Superligasining joriy yilgi mavsumiga rasman start berildi.

Musobaqaning dastlabki uchrashuvida amaldagi chempion Toshkentning “Paxtakor” klubi va Namanganning “Navbahor” jamoasi oʻzaro bahs olib borishdi.

Poytaxtimizdagi “Paxtakor” markaziy stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Gollarni “Paxtakor” safida Igor Sergeyev (2 ta) va “Navbahor” safida Ivan Solovyov kiritishdi.

Bugun Superliganing 1-turi doirasida yana ikkita uchrashuv boʻlib oʻtadi. “Qoʻqon 1912” jamoasi oʻz maydonida “Buxoro”ni qabul qilsa, vodiyning boshqa bir jamoasi “Andijon” Toshkentda “Lokomotiv” mehmoni boʻladi.

Turning qolgan uchrashuvlari 29-fevral va 1-mart kunlari boʻlib oʻtishi belgilangan. Shu kuni “Mashʼal” – “Sugʻdiyona”, AGMK – “Metallurg”, “Surxon” – “Bunyodkor” va “Qizilqum” – “Nasaf” jamoalari oʻzaro hisob-kitob qilishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169