Oʻzbekiston & Turkiya: sport sohasidagi hamkorlik yanada rivojlanadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi delegatsiyasi shu yil 22-23-fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan “Anʼanaviy sport turlari va oʻyinlarini qoʻllab-quvvatlashda hukumatlar ahamiyati” mavzusidagi III Xalqaro etnosport Forumida ishtirok etdi.

Maʼlumki, joriy yil Turkiyada Butunjahon koʻchmanchilar sport oʻyinlari oʻtkaziladi. Unda yurtimiz sport delegatsiyasi ham qatnashishi rejalashtirilgan. Oʻz navbatida hukumatimiz tomonidan Oʻzbekistonning ushbu nufuzli sport tadbirida munosib ishtiroki etishi belgilangan.

III Xalqaro etnosport forumida Osiyo, Yevropa, Afrika qitʼalaridagi 46 ta davlatdan 200 nafardan ortiq delegat qatnashdi. Shuningdek, Forumni BMT hamda “YUNESKO” vakillari ham kuzatib borishdi.

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turkiya yoshlar va sport vazirligi, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamda 8 ta davlat sport vazirlari oʻrtasida milliy sport turlari va oʻyinlari shuhratini oshirish, ular bilan bogʻliq sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada davlatlar oʻrtasida institutsional hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “Qoʻshma bayonot” imzolandi.

Sir emaski, Oʻzbekistonda etnosportni yana-da rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qolaversa, milliy sport turlarimiz – kurash, belbogʻli kurash, oʻzbek jang sanʼati va “Turon” sport turlarini dunyo xalqlari orasida yana-da ommalashtirish yoʻlida ham sezilarli yutuqlarga erishilayotir.

Forum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turkiya yoshlar va sport vazirligi oʻrtasida sport sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

Ushbu memorandumning imzolanishi ikki mamlakat sportchilari hamda xalqlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini, oʻzaro anglash va doʻstlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi. Unga koʻra tomonlar sport muassasalari, oliy sport taʼlim muassasalari, sport federatsiyalari (uyushmalari) va boshqa sport tashkilotlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻzaro almashinuv dasturlari, tajriba va axborotlarni quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha qoʻllab-quvvatlaydi va ragʻbatlantiradi:

- oliy sport yutuqlari;

- sportda ilm-fan, taʼlim, tibbiyot va ovqatlanish;

- ommaviy sport;

- sport texnologiyalari va sport infratuzilmasi;

- nogironlar sporti;

- sportni boshqarish;

- sportda dopingga qarshi kurashda hamkorlik qilish;

- sport turizmi salohiyati va imkoniyatlarini targʻib qilishni qoʻllab-quvvatlash;

- sport tadbirlari orqali jamoalar, federatsiyalar, klublar va barcha manfaatdor tomonlar oʻrtasida sport turizmi faoliyatini rivojlantirish va ragʻbatlantirish;

- barcha sport turlari boʻyicha hamkorlik.

Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat sport federatsiyalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, birgalikda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish, bolalar futbolini rivojlantirish, sport mutaxassislari malakasini oshirish, turk investitsiyalarini jalb etish va yengil konstruksiyali energiya tejovchi sport obyektlarini qurish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda muhokama qilingan masalalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida ikki vazirlik oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Turkiya yoshlar va sport vaziri M.M.Kasapoʻgʻlu Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, uni imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga yaqin kunlarda tashrif buyurishini maʼlum qildi.

Turkiya yoshlar va sport vaziri taklifi bilan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Turkiyadagi sport tadbirlari va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari oʻtkaziladigan sport inshootlari va sport turizm obyektlari bilan ham tanishtirildi.

Tadbir doirasida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasi prezidenti N.B.Erdogʻan bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston tomoniga milliy sport turlari va oʻyinlari shuhratini oshirish, shuningdek Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va anʼanalarini namoyish etish hamda turizm industriyasini rivojlantirish maqsadida 2020-yilda qadimiy Xiva shahrining Ichanqalʼa majmuasida etnosport festivalini oʻtkazishni taklif qildi. Shuningdek, tomonlar Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) orqali hamkorlikni rivojlantirish uchun takliflar kiritishga kelishib oldi.

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi prezidenti Oʻzbekistonda sport sohasida olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, mamlakatimizni oʻrnak olishga arziydigan davlatlar sifatida eʼtirof etdi.

Bundan tashqari, Turkiya safari davomida Dilmurod Nabiyev Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Azat Ragimov bilan ham uchrashdi. Oʻzaro muloqot chogʻida Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari soʻnggi yillarda Ozarbayjon bilan sport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari biroz susayganini alohida taʼkidlab, oʻzaro doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda sport sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Oʻz navbatida Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini taʼkidlab, Oʻzbekiston bilan munosabatlarni yuqori darajaga olib chiqishga tayyorligini aytib oʻtdi. Muzokaralar yakunida tomonlar esdalik sovgʻalari bilan almashdi.

Pokiston Islom Respublikasi Sport kengashi raisi, Dr.Fehmida Mirza, Qirgʻiziston Respublikasi Yoshlar, jismoniy taʼlim va sport agentligi oʻrinbosari K.Arpachiyev va Qozogʻiston etnosport assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, sport sohasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Turkiyaning “Bahadir Kul Architects” kompaniyasi bilan uchrashuv oʻtkazilib, kompaniya tomonidan qurilgan sport inshootlari bilan tanishildi. Shundan soʻng, Oʻzbekistonda yengil konstruksiyali energiya tejamkor va ob-havo sharoitiga mos boʻlgan sport inshootlari va sport maktablarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish jarayoni ketayotganligi bildirilib, ushbu yoʻnalish boʻyicha hamkorlik takliflarini koʻrib chiqishga tayyor ekanligi bildirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169