Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan xalqaro turnirning dastlabki gʻoliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda mamlakatimizda veloshosse boʻyicha yirik xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda.

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani hududidan oʻtuvchi aylanma magistral yoʻli boʻylab oʻtkazilayotgan musobaqada Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistondan jami 75 nafar sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

Kecha musobaqaning dastlabki kun bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Ushbu bahslarda dastlabki uchta oʻrinni hamyurtlarimiz band etishdi. Birinchi oʻrinni Dmitriy Sirko qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Nikita Stenkovoy, uchinchi oʻrinni Edem Eminov egalladi.

Mazkur musobaqa oldinda kutib turgan nufuzli musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Xalqaro turnir yakunida gʻolib va sovrindorlar medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169