“Universiada-2020”: Samarqanddagi musobaqa murosasiz ruhda boshlandi

Samarqand shahri gandbol boʻyicha ayollar oʻrtasida “Universiada-2020” sport oʻyinlarining final bahslariga mezbonlik qilayotgani haqida xabar qilgan edik.

Musobaqa ishtirokchilari Samarqand shahridagi Registon maydonida tantanali kutib olindi va shaharning qadimiy va diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirildi.

Shundan soʻng, Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyi sport zalida 14 ta hududdan saralab olingan 4 ta jamoa ishtirokidagi final bahslariga start berildi.

Ushbu “Universiada-2020” final bosqichi bahslarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati, Toshkent viloyati va Samarqand viloyati jamoalari gʻoliblik uchun kurash olib borishmoqda.

Musobaqaning birinchi kungi bahslarida Qoraqalpogʻiston Respublikasidan tashrif buyurgan gandbolchi qizlar fargʻonalik tengdoshlarini 34:31 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ikkinchi bahsda mezbonlar Toshkent viloyati gandbolchi qizlariga 27:28 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi.

Bugun murosasiz kechayotgan bahslar davom ettiriladi. Musobaqaning yakuniy bosqichi ertaga, 27-fevral kuni oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar nomi aniqlanadi.

Maʼlumot uchun, ushbu “kichik olimpiada”ning erkaklar oʻrtasidagi bahslariga Jizzax shahri mezbonlik qilgan va musobaqa yakunida Toshkent viloyatidan kelgan sportchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169