Boʻstonliqdagi aylanma magistral yoʻli boʻylab xalqaro turnir start olmoqda

Joriy yilning 24-28-fevral kunlari mamlakatimizda veloshosse boʻyicha yirik xalqaro turnir boʻlib oʻtishi belgilangan.

Mazkur musobaqa Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani hududidan oʻtuvchi aylanma magistral yoʻli boʻylab oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqada bir qator xorij davlatlaridan iqtidorli sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib borishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu turnirda respublikamizning barcha hududlaridan veloshosse boʻyicha saralab olingan mahalliy sportchilar ham oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishadi. Musobaqa ertaga rasman start oladi. Bugun musobaqada qatnashuvchi sportchilarni kutib olish marosimi va tadbirga oxirgi tayyorgarlik ishlari yakunlanadi.

Mazkur musobaqa oldinda kutib turgan nufuzli musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Xalqaro turnir yakunida gʻolib va sovrindorlar medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.11.2020 | 22:11
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169