Talaba qizlar o’rtasidagi musobaqaga Samarqand mezbonlik qiladi

Joriy yilning 24-27-fevral kunlari ko’hna Samarqand shahri gandbol bo’yicha ayollar o’rtasida “Universiada-2020” sport o’yinlarining final bahslariga mezbonlik qiladi.

Yurtimizdagi oliy o’quv yurtlari talaba qizlari o’rtasida o’tkazilayotgan ushbu turnirda 14 ta hududdan saralab olingan 4 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa shahardagi Yengil atletika va o’yin turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o’smirlar sport maktabida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, gandbol bo’yicha “Universiada-2020” final bosqichi bahslari olimpiya tizimida o’tkaziladi. Xabaringiz bor, kecha ushbu “kichik olimpiada”ning erkaklar o’rtasidagi bahslariga yakun yasaldi va Jizzax shahri mezbonlik qilgan musobaqa yakunida Toshkent viloyatidan kelgan sportchilar g’oliblikni qo’lga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169