Universiada-2020: Gandbol musobaqalarining gʼoliblari aniqlandi

Joriy yildan eʼtiboran yangicha formatda oʼtkazilayotgan “Universiada-2020” sport musobaqalarining final bosqichining navbatdagi turniriga Jizzax shahri mezbonlik qildi.

Mamlakatimizning 14 ta hududidagi oliy taʼlim muassasalaridan kelgan talabalar gandbol boʼyicha yakuniy bosqich gʼolibligi uchun kurash olib borishdi.

Jizzax Politexnika instituti sport majmuasida uch kun davom etgan murosasiz baxslarda Toshkent, Samarqand, Xorazm hamda Fargʼona viloyati talaba yoshlari oʼzaro bellashdilar. Keskin bahslar ostida kechgan musobaqada Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalaridan tashkil topgan jamoa gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

Musobaqa yakunlariga koʼra umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʼrinni Toshkent viloyati, ikkinchi oʼrinni Xorazm viloyati va uchunchi oʼrinni Samarqand viloyati jamoalari egalladilar.

Mazkur musobaqa gʼoliblarini tantanali taqdirlash marasimi joriy yilning 20 fevral kuni Jizzax shahri markazida joylashgan “Yoshlar innovatsion markazi”da boʼlib oʼtdi.

Maʼlumot uchun, “Universiada-2020” sport musobaqalarining yangilangan tartibiga koʼra, har bir sport turi alohida viloyatlarda har yili oʼtkazilmoqda. Oldinroq, Navoiy shahrida shaxmat-shashka, Guliston shahrida badminton, Toshkent shahrida stol tennisi boʼyicha yakuniy musobaqa gʼoliblari aniqlangan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
08.08.2020 | 14:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169