2020-2024-yillarda yurtimizda 23 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari hamda 68 ta sport maktablari filiallari quriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yurtimizda sport-taʼlim muassasalaridan foydalanish darajasini va ular faoliyati samaradorligini yana-da oshirish, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etishni kengaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport, Iqtisodiyot va sanoat hamda Moliya vazirliklari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga binoan 2020-2024-yillarda bosqichma-bosqich quriladigan sport inshootlarida 23 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari hamda yetarli sport inshootlariga ega yana 68 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining filiallarini tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini reyting tizimi asosida baholash tartibi toʼgʼrisidagi Nizom ham tasdiqlandi. Unga koʼra quyidagilar reyting baholashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- sport-taʼlim muassasalarida olimpiya sport turlari boʼyicha shugʼullanuvchilar sonini oshirish natijasida olimpiya sport turini rivojlantirish;

- sport-taʼlim muassasalarida sport razryadlari va unvonlariga ega boʼlgan sportchilar sonini oshirish natijasida sifatli va iqtidorli sportchilarni tanlash, tayyorlash, selektsiya qilish (saralash) ishlarini tashkil qilish;

- sport-taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, metodistlar, shifokorlarning salohiyatini oshirishga erishish;

- sport-taʼlim muassasalarida metodistlar tomonidan oʼquv va metodik ishlanmalar sifati sonini oshirish;

- sport-taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yuqori darajaga koʼtarish;

- sport-taʼlim muassasalarining boshqa taʼlim muassasalari bilan hamkorligini oshirishga erishish.

Reyting tizimi asosida baholash tartibi sport-taʼlim muassasalarining faoliyati darajasi va sifatini oshirish hamda ularning faoliyati samaradorligini aniqlash, sport-taʼlim muassasalarida sport razryadlari va unvonlariga ega boʼlgan sportchilar sonini koʼpaytirishga, iqtidorli sportchilarni tanlash, tayyorlash, selektsiya qilish (saralash) ishlarini tashkil etish, sport-taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, metodistlar, shifokorlarning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Reyting natijalari esa har yili ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi.

Qolaversa, 2020 yilda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan bolalar va oʼsmirlar sport maktablarini saqlash harajatlari mahalliy byudjetlarga ajratilgan mablagʼlar doirasida amalga oshirilib, 2021 yildan boshlab esa Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetida nazarda tutilishi belgilab qoʼyilgan.

Qarorga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi zimmasiga yangidan tashkil etiladigan bolalar va oʼsmirlar sport maktablari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va ularning davlat roʼyxatidan oʼtkazilishini taʼminlash, bolalar va oʼsmirlar sport maktablarini hamda ularning filiallarini yuqori malakali boshqaruv kadrlari va trenerlar bilan taʼminlash choralarini koʼrish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelgacha bolalar va oʼsmirlar sport maktablarining namunaviy shtatlar meʼyorlarini qayta koʼrib chiqish choralarini koʼrish vazifasi yuklatilgan.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, mazkur qaror mamlakatimizda mavjud sport-taʼlim muassasalaridan foydalanish darajasi va ular faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shugʼullanishga keng jalb etishga xizmat qiladi. Pirovardida bu Oʼzbekiston sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169