Fargʼona viloyati chempionatida sodir boʼlgan koʼngilsiz holat yuzasidan rasmiy bayonot 

Joriy yilning 12-14 fevral kunlari Fargʼona viloyati Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sport majmuasida dzyudo boʼyicha 2000-2001 yilda tugʼilgan oʼsmirlar oʼrtasida viloyat chempionati boʼlib oʼtgandi.

Ushbu musobaqa Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi Fargʼona viloyati boʼlimi va Fargʼona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati rahbariyati bilan kelishilgan, Fargʼona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʼi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etilgan edi.

Viloyat birinchiligi davomida musobaqa ishtirokchilari - 2000 yilda tugʼilgan K.T. va 2002 yilda tugʼilgan J.X. oʼrtasida oʼzaro nizo kelib chiqqan va buning natijasida ommaviy kelishmovchilik yuz bergan.

Hozirda ushbu xolat yuzasidan Fargʼona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 16 fevral kuni Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi Bosh kotibi v.v.b. B.Аkramov va federatsiyaning mutasaddi xodimlari hamda Fargʼona shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida ommaviy mojaroni keltirib chiqargan shaxslar ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.
 
Xuquqni muhofaza qilish organlari tomonidan yuqoridagi xolat yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlanganidan soʼng, Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi va Xalqaro dzyudo federatsiyasining tartib-intizom va etika qoidalari asosida aybdorlarga sport faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan tegishli choralar koʼriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169