Kumushxon Fayzullaevadan oltin medallar, Mashhura Rustamovadan esa...

Xabaringiz bor, ayni kunlarda ogʼir atletika boʼyicha oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasidagi Osiyo chempionati Toshkent shahrida boʼlib oʼtmoqda.

Bugungi kunga belgilangan bahslarda hamyurtlarimiz terma jamoamiz uchun navbatdagi medallarni taqdim etdi. “Oʼzbekiston” sport majmuasida boʼlib oʼtayotgan musobaqaning qizlar oʼrtasida -64 kilogramm vazn toifasidagi bahslarida Oʼzbekiston nomidan Kumushxon Fayzullaeva ishtirok etdi.

Termamiz vakilasi dast koʼtarishda birinchi oʼrinishdayoq 92 kg natija koʼrsatib, oltin medalь egasiga aylandi. Siltab koʼtarishda esa 115 kg toshni koʼtarib, barcha raqiblaridan ustun ekanligini namoyish etdi.

Yoshlar oʼrtasida Osiyo chempionati.
Qizlar, -64 kg:

1. Kumushxon Fayzullaeva (Oʼzbekiston) – 205 kg (92 kg, 113 kg)
2. Xansol Kim (Janubiy Koreya) – 193 kg (81 kg, 112 kg)
3. Sabitxa Ramadani (Indoneziya) – 192 kg (92 kg, 100 kg).

Ushbu vazn boʼyicha oʼsmirlar oʼrtasida tashkil etilgan musobaqalarda Mashhura Rustamova bronza medallari bilan taqdirlandi.

Oʼsmirlar oʼrtasida Osiyo chempionati.
Qizlar, -64 kg:

1. Gulnur Ibray (Qozogʼiston) – 198 kg (88 kg, 110 kg)
2. Yen-Yun Li (Xitoy Taipeyi) – 161 kg (70 kg, 91 kg)
3. Mashhura Rustamova (Oʼzbekiston) – 156 kg (66 kg, 90 kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169