Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Andijon davlat universitetida yoshlar bilan uchrashdi

Uchrashuvda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Oʻtkirbek Toshpoʻlatov sohada faoliyat olib borayotgan yoshlar va Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” fakultetida tahsil olayotgan 400 nafar talabani qiziqtirayotgan savollarga javob qaytardi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 27-dekabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida barcha sohalar masʼullariga yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida aniq vazifalar belgilab berilgandi. Mazkur dastur doirasida jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Oʻtkirbek Odiljonovichning yoshlar bilan ochiq muloqotida tuman, shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshliqlari, viloyatdagi barcha sport taʼlim muassasalarining rahbarlari va Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Yoshlar bilan uchrashuv ochiq va samimiy ruhda oʻtdi. Unda Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib, hududda sportini yana-da yuqori darajaga olib chiqishda isteʼdodli va intiluvchan yoshlarga ishonch bildirishga tayyorligini taʼkidladi.

Sir emas, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga alohida eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelinmoqda. Bunga javoban Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida ham “Yoshlar kengashi” tuzildi. Kengashga viloyatimizning har bir tuman va shahridan iqtidorli yoshlar jalb qilingan. Shu bilan birga Oʻ.Toshpoʻlatov yoshlar bilan ochiq muloqot olib borish uchun ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifa ochilishi, unda sohada faoliyat olib borayotgan ertamiz egalari oʻzlarini qiynayotgan muammolar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarma boshligʻiga murojaat qilishlari mumkinligini taʼkidladi.

Shuningdek, yigʻilishda Oʻtkirbek Odiljonovich yangi 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Andijon davlat universitetida jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishida taʼlim tizimi uch yilgacha qisqartirilishi, bu esa sohadagi eng ogʻriqli muammolardan biri – sport taʼlimi muassasalaridagi oliy maʼlumotli trenerlar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borishga xizmat qilajagini ham taʼkidlab oʻtdi.

Ochiq muloqotda yoshlar oʻzlarini qiynayotgan ishga joylashishda muammolar bilan boshqarma boshligʻiga murojaat qilishdi va Oʻtkirbek Odiljonovich ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot kotibi

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169