Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha yigʼilish oʼtkazildi

Joriy yil 14 fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Oʼzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF–5729-son Farmoni ijrosi hamda 2020 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar toʼgʼrisida vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda respublika tashkilotlarida korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha masʼul kordinatorlari ishtirokida yigʼilish oʼtkazildi.

Unda vazirlikning Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring qilish boshqarmasi boshligʼi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha Respublika komissiyasi kotibi А.Kadirov, Yuridik boʼlim boshligʼi Sh.Karimov, Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring qilish boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari А.Salimov va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Yigʼilishda mutasaddilar 2019 yil davomida vazirlik tizimida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF–5729-son Farmoni ijrosi va 2020 yilda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha vazirlik hamda uning tizim tashkilotlari oldida turgan dolzarb vazifalar, normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish va oʼtkazishning xususiyatlari, jismoniy tarbiya va sport sohasida manfaatlar toʼqnashuvining oldini olish, uni bartaraf etish hamda odob-axloq qoidalari natijadorligi kabi masalalarga alohida toʼxtalib oʼtdilar.

Yigʼilish davomida tizim tashkilotlarining kordinatorlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF–5729-son Farmoni ijrosi boʼyicha tizim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdilar.

Yigʼilish yakunida 2020 yilda vazirlik hamda tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar toʼgʼrisida kelishib olindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169