Ogʼir atletika boʼyicha Osiyo chempionatida vakillarimiz munosib ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, 12 fevralь kuni poytaxtimizda ogʼir atletika boʼyicha Xalqaro birdamlik musobaqasi yakuniga yetgan edi. Kecha oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasida Osiyo chempionatiga start berildi. Kechagi kun sportchilarimiz uchun omadli keldi, desak mubolagʼa boʼlmaydi.

Dastlab -40 kg vaznda А guruhidan joy olgan vakilamiz Diyoraxon Turgʼunova dast koʼtarish mashqida oltin medalga sazovor boʼldi. Siltab koʼtarish mashqida esa u kumush medalni qoʼlga kiritdi. Qolaversa Diyoraxon ikki yoʼnalish boʼyicha 1 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan taqdirlandi.

Oʼsmirlar bahslarida А guruxidan joy olgan -49 kg vazn toifasida Husinboy Matrasulov ham munosib ishtirok etdi. U ham Diyoraxon kabi 1 ta oltin va 2 ta kumush medalga sazovor boʼldi.

Shuningdek, yana bir yosh sportchi qizimiz Sitora Koʼpaysinova dast koʼtarish bahsida bronza medalini qoʼlga kiritgan boʼlsa, -55 kg vaznda ishtirok etgan Nigora Аbdullaeva hamda Jamila Panfilovalar ham musobaqa yakunida 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga egalik qilishdi.

Bugungi bahslarda ham vakillarimizga omad yor boʼlishini tilab qolamiz.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 17:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169