Xalqaro birdamlik musobaqasida terma jamoamiz uchun dastlabki medal qoʼlga kiritildi

Kecha, 9 fevral kuni poytaxtimizda Xalqaro birdamlik musobaqasiga rasman start berilgan edi.

Ushbu musobaqaning dastlabki kunidayoq hamyurtimiz Muattar Nabieva terma jamoamiz uchun ilk medal muallifiga aylandi.

Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan ogʼir atletika boʼyicha Xalqaro birdamlik musobaqasining birinchi kun bellashuvlari oʼz yakuniga yetdi. Eʼtiborlisi, musobaqaning birinchi kun bellashuvidayoq terma jamoamiz oʼzining dastlabki medaliga sazovor boʼldi.

Аyollar oʼrtasida -55 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muattar Nabieva musobaqada 3 ta kumush medalni qoʼlga kiritdi. Vakilamiz dast koʼtarishda 89 kg, siltab koʼtarishda esa 111 kilogramm natija qayd etdi. Har bir yoʼnalishda Nabievadan 1 kilogrammdan yuqori koʼrsatkichga ega boʼlgan nigeriyalik atlet oltin medallarga egalik qildi.

-55 kg vaznda ayollar:

1. Аdijat Olarinoye (Nigeriya) – 202 kg (90 kg + 112 kg) 
2. Muattar Nabieva (Oʼzbekiston) – 200 kg (89 kg + 111)
3. Kristina Shermetova (Turkmaniston) – 195 kg (85 kg + 110 kg)

Shu tariqa vakilamiz Tokio Olimpiadasi yoʼlida qimmatli reyting ochkolarini ham oʼz hisobiga yozib qoʼydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169