6-Xalqaro birdamlik o‘yinlariga rasman start berildi

Xabaringiz bor, bugun 9 fevraldan e'tiboran Toshkent shahrida Og‘ir atletika bo‘yicha 6-Xalqaro birdamlik o‘yinlariga rasman start berildi.

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqa 2020 yildagi Tokio yozgi Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqasi vazifasini ham o‘tab beradi. Musobaqada 66 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Bugun soat 12:00dan boshlab 49 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida ayollar o‘zaro bellashishdi. Soat 14:00 da rasman musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Shuningdek, musobaqaning bugungi dasturidan 61 kg gacha vazn toifasida erkaklar va 59 kg gacha vazn toifasida ayollar o‘rtasidagi musobaqalar ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nufuzli musobaqa joriy yilning 12 fevraliga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 20:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169