“Universiada-2020”: Stol tennisi boʼyicha yakuniy gʼoliblar aniqlandi

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida “Universiada-2020” sport musobaqalarining final raundidan oʼrin olgan stol tennisi boʼyicha turniri oʼtkazildi.

Kecha, “kichik olimpiada”ning joriy yil hisobidan uchinchi musobaqasi rasman yakunlandi. Uchtepa tuman birinchi sonli bolalar va oʼsimlar sport maktabida boʼlib oʼtgan musobaqalarda 14 ta hududdan jami 28 ishtirokchi gʼoliblik uchun kurash olib bordi.

Musobaqada oʼgʼil bolalar va qizlar yakkalik, jamoaviy va miks yoʼnalishlari boʼyicha oʼzaro bahs olib borishdi.

Oʼgʼil bolalar oʼrtasida:

1. Shaxboz Baratov (Toshkent viloyati)
2. Аbdurahmon Jonibekov (Xorazm viloyati)
3. Аzimbek Rahmonov (Surxondaryo viloyati)
3. Faxriddin Rajabov (Qoraqalpogʼiston Respublikasi)

Qiz bolalar oʼrtasida:

1. Shabnam Jumaeva (Surxondaryo viloyati)
2. Roʼza Qodirova (Xorazm viloyati)
3. Xusnidaxon Mamajonova (Fargʼona viloyati)
3. Sarvinoz Muzafarova (Buxoro viloyati)

Jamoaviy bahslarda:

1. Ismatilla Marufxonov va Maxliyo Omonova (Namangan viloyati)
2. Shoxrux Islomov va Shahodat Toʼxtaeva (Samarqand viloyati)
3. Mashxuraxon Yuldosheva va Muhiddin Xusanboev (Аndijon viloyati)
3. Nafisa Isomiddinova va Mavlonbek Toshmurodov (Jizzax)

Miks bahslarida:

1. Аlisher Ergashev (Buxoro viloyati) va Zulayxo Yakubova (Toshkent viloyati)
2. Iqrorjon Ibrohimov (Fargʼona viloyati) va Gulzira Аbenova (Qoraqalpogʼiston Respublikasi)
3. Tolib Аmonov va Shaxsanam Baratova (Qashqadaryo viloyati)
3. Baxodir Аchilov va Muxayyo Аxmadjonova (Toshkent shahri) lar musobaqalarda sovrindor boʼlishdi.

“Universiada-2020” sport oʼyinlarining stol tennisi boʼyicha gʼolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medalь va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanishdi. 

Eslatib oʼtamiz, “Universiada-2020” musobaqalarining final bosqichining dastlabki ikki musobaqasi Navoiy va Guliston shaharlarida oʼtkazilgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169