Xorazmda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” boʼyicha yigʼilish boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 15 yanvar kuni Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshkarmasiga qarashli Sport oʼyinlariga va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” boʼyicha yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yakkama-yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabi direktori oʼrinbosari X.Baltaev, soʼzga chiqib, yigʼilganlarga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashshish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5729-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirib oʼtdi.

Korrupsiya — shaxsning oʼz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʼzga shaxslarning manfaatlarini koʼzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir. Bu boʼyicha IIB xodimi ham yigʼilish ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berdi.

Shu bilan birga,Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida ham korrupsiyaga qarshi jinoyatlar uchun jazo tayinlashga oid normalar koʼzda tutilgan boʼlib, ushbu normalarga mansabdorlik jinoyatlari toʼgʼrisidagi, xususan, hokimiyat yoki mansab vakolatini suisteʼmol qilish (205-modda), hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda), mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda), hokimiyat harakatsizligi (208-modda), mansab soxtakorligi (209-modda), pora olish (210-modda) va boshqa normalar belgilanganligi toʼgʼrisida atroflicha misollar bilan tushintirib oʼtdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169