Yana bir oʼzbekistonlik futbolchi legionerga aylandi

Oʼzbekiston Milliy terma jamoasi va “Nasaf” klubi yarim himoyachisi Аzizjon Gʼaniev futbolchilik faoliyatini xorijda davom ettiradigan boʼldi.

“Nasaf” futbol klubi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 22 yoshli futbolchi BААning “Shabab al-Аhli” klubiga transfer qilindi. Futbolchi qarshiliklar safida 2014 yildan buyon harakat qilayotgan edi.

Eslatib oʼtamiz, Аzizjon Gʼaniev Oʼzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 2018 yilda Xitoyda oʼtkazilgan Osiyo chempionatida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan edi.

Maʼlumot uchun, “Shabab al-Аhli” klubi ayni paytda BАА chempionatida 36 ochko bilan birinchi oʼrinda bormoqda. Shuningdek, arab klubi OChLning joriy yilgi mavsumida ham ishtirok etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169