Taekvondo WTF: “Fujayra Open”ning ilk kunida 11 ta medal qoʻlga kiritildi

Ayni kunlarda Birlashgan arab amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WTF boʻyicha anʼanaviy “Fujayra Open-2020” musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, dastlabki kungi bahslarda kadetlar va oʻsmirlar toifasida oʻzbekistonlik sportchilar jami 11ta medalga sazovor boʻlishdi.

31-yanvar kungi bahslarda kadetlar va oʻsmirlar toifasida jami 15 nafar taekvondochi Oʻzbekiston sharafini himoya qildi hamda vakillarimiz 7 ta oltin, ikkitadan kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

“Fujayra Open-2020”. 31-yanvar kungi sovrindorlar:

Oltin medal – Madina Shoniyozova (Nazaraliyev Team), Azizabonu Salimbayeva (Domrobat Team), Javohir Xolmurodov (Nazaraliyev Team), Sabina Qahramonova (Nazaraliyev Team), Roziya Sharobiddinova (Nazaraliyev Team), Samandar Yormuhammadov (Domrabat Team), Muhammadali Turgʻuntoshev (Nazaraliyev Team);

Kumush medal – Behruzbek Isayev (Nazaraliyev Team), Muxlisa Alimahmatova (Iqbol Club);

Bronza medal – Madinabonu Aʼzamova (Mukhammadziyo Team), Azizbek Abdujabborov (Nazaraliyev Team).

Bugun bolalar va kadetlar toifasida jami 18 nafar oʻzbekistonlik taekvondochi janglarda ishtirok etadi. Kattalar tofasidagi bahslar esa ertaga, yaʼni 2-fevral kuni boʻlib oʻtadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmat

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169