Dzyudo: polvonlarimiz Tel-Аvivda qanday ishtirok etdi?

Shu yilning 23-25 yanvar kunlari Isroilning Tel-Аviv shahrida dzyudo boʼyicha nufuzli Gran-pri turniri oʼtkazildi. Tokio-2020 olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolari taqdim etilgan ushbu musobaqada norasmiy umumjamoa hisobida Janubiy Koreya terma jamoasi gʼolib boʼldi.

Yilning dastlabki IJF turnirida dunyoning 5 qitaʼsidagi 83ta davlat dzyudochilari gʼoliblik uchun tatamiga tushdi. Yakunda Janubiy koreyaliklar 3tadan oltin va kumush hamda 2ta bronza, jami 8ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-oʼrinni band etishdi. 2-oʼrinni esa yaponiyalik dzyudochilar egallashdi. Dzyudo vatani vakillari 2tadan oltin va bronza medalini qoʼlga kiritishgan. Kuchli uchlikka mezbonlar yakun yasab berdi. Isroil terma jamoasi 2ta oltin va bitta bronza medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya 2ta, Sloveniya, Fransiya, Rossiya, Italiya va Аvstraliya terma jamoalari esa bittadan oltin medal bilan uyga qaytishdi. Jami 29 mamlakat delegatsiyasi kamida bitta bronza medaliga sazovor boʼldi.

Tel-Аviv Gran-prisida Oʼzbekiston terma jamoasi 13 nafar dzyudochi bilan ishtirok etdi. Hamyurtlarimizdan Gulnoza Matniyazova (-78 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Bekmurod Oltiboev (+100 kg) kuchli beshlikdan joy olish barobarida Tokio-2020 Olimpiadasi yoʼlida qimmatli 252 ochkoni oʼz hisoblariga qoʼshib qoʼyishdi. Taqqoslash uchun, oʼtgan yilgi Telь-Аviv Gran-prisida vakillarimizdan atigi bir nafar polvon 5-oʼringa sazovor boʼlgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169