Seminarda sohaga doir hujjatlar ijrosi muhokama qilindi

Shu yil 25-yanvar kuni Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari ijrosini taʼminlash boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Roʻziyev boshqarma xodimlari hamda sport taʼlim muassasalari rahbarlari va ishchi-xodimlariga mazkur farmonlarning ahamiyati va mazmun-mohiyati haqida gapirib berdi. Shuningdek, ushbu hujjatlar ijrosining toʻliq taʼminlanishi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport rivojini yangi bosqichga olib chiqishi alohida taʼkidlandi.

Shu bois tizimda faoliyat koʻrsatayotgan barcha xodimlarga hukumatimizning farmon va qarorlari ijrosini oʻz vaqtida hamda sifatli taʼminlanishiga jiddiy eʼtibor qaratishi lozimligi tushuntirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169