Qoraqalpogʼistonning chekka hududlaridagi yoshlarga sport anjomlari va kiyimlarini topshirish jarayonidan fotogalereya

Respublikamiz boʼylab keyingi yillarda sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2019-2023 yillarda ommaviy sportni rivojlantirish konseptsiyasi tasdiqlanib, mazkur hujjat asosida qator sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Qolaversa, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus hamda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida olis hududlarda ham sport obʼektlari ishga tushirilib, yoshlar sportga jalb etilmoqda. Bu kabi islohotlar natijasida sport bilan shugʼullanayotgan yoshlar safi kun sayin ortib bormoqda.

Xususan, Qoraqalpogʼiston Respublikasining Beruniy, Аmudaryo, Toʼrtkoʼl va Ellikqalʼa tumanlarida ham yoshlarni sportga jalb qilish boʼyicha bir qancha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, chekka hududlarda sport maydonchalarini qayta taʼmirlash hamda sport jihozlari bilan taʼminlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, ushbu hududlarda yosh sportchilarning sport bilan muntazam shugʼullanishlari uchun sport kiyimlari, toʼplar, stol tennisi, voleybol, futbol, basketbol turlari boʼyicha jihozlar sovgʼa qilindi. Tumandagi yosh sportchilarga sovgʼalarni Oʼzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri oʼrinbosari Sharifjon Moʼminjonov topshirdi.

 

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169