Buxoroda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini ommaviy tarzda o‘tkazish odat tusiga kirib ulgurdi

Ma’lumki, yurtimiz bo‘ylab sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha respublikamizning har bir hududida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ommaviy tarzda tashkil etilmoqda.

Bir qator xorij davlatlarida, hatto, davlat idoralarida ishlaydigan xodimlar ertalab ishga kelgach, o‘n daqiqa gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanishadi. Bu esa kundalik ish koeffitsentini 65-70 foizga ko‘tarishi isbotlangan. 15 daqiqa badantarbiya qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va ko‘zi o‘tkirlashadi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanadi. Bosh va orqa miya o‘rtasidagi suyuqliklar aylanishini me’yorga soladi. Shu boisdan har tong ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini kanda qilmaslik zarur.

Ayni paytga kelib Buxoro viloyatining har bir hududida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini ommaviy tarzda o‘tkazish odat tusiga kirib ulgurdi.

Bugun ham erta tongdan viloyatdagi barcha tumanlarida mavjud sport ta’lim muassasalarida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Quyida ushbu jarayondan fotolavhalar e’tiboringizga havola etiladi:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169