Dzyudochilarimiz “Tel Aviv Grand Prix 2020” turniriga yo‘l olishdi

Joriy yilning 23-25 yanvar kunlari Isroil poytaxtida “Tel Aviv Grand Prix 2020” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent – Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha Isroil mamlakatiga jo‘nab ketdi.

Avval xabar berganimizdek, dzyudochilarimiz ishtirok etadigan Tel-Aviv Gran-prisi mavsumning ilk IJF turniri hisoblanadi. Ushbu musobaqada 5 qit’aning 85 davlatidan jami 583 (331 erkak, 252 ayol) nafar dzyudochi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Ular qatorida Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi 13 nafar dzyudochimiz ham Tokio-2020 uchun beriladigan qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. G‘olibga 700, kumush medal sohibiga 490, bronza medal sovrindorlariga 350 reyting ochkosi taqdim etiladi. Beshinchi o‘ringa 252, yettinchi o‘rin egalariga esa 182 ball beriladi.

Isroilga yo‘l olgan delegatsiyamiz tarkibi:

-60 kg: Kemran Nurillayev
-66 kg: Shahram Ahadov, Sardor Nurillayev
-73 kg: Hikmatulloh To‘rayev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev, Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev, Alisher Yusupov

Qizlar

-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Nodira Yo‘ldosheva

Bosh murabbiy – Ilias Iliadis
Murabbiylar – O‘ktam Rahmonov, Tomu Tori
Menejer – Ravshan Ahmadjonov
Shifokorlar – Javlon Hasanov, Nelli Stromm.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169