“Lokomotiv” bu mavsum OChLdan chetda boʼladi

Bugundan eʼtiboran Osiyo klublari oʼrtasidagi nufuzli musobaqa Osiyo chempionlar ligasining joriy mavsumi guruh bosqiga saralash oʼyinlari boshlandi.

Ushbu saralash bahslarida Oʼzbekistondan ikki klub ishtirok etishi belgilab qoʼyilgan boʼlib, oʼtgan mavsum Superligada ikkinchi va uchinchi oʼrinlarni qoʼlga kiritgan Toshkentning ikki klubi “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalari OChLning asosiy bosqichida ishtirok etish uchun kurash olib borishi kerak edi.

Bugun, “Lokomotiv” klubi qoʼshni Tojikistonning Dushanbe shahridan tashrif buyurgan “Istiqlol” jamoasini oʼz maydonida qabul qilib, magʼlubiyatga uchradi.

Аndrey Fyodrov shogirdlari oʼyin davomida raqiblariga nisbatan faol boʼlganliklariga qaramasdan oʼz darvozasidan bitta gol olib chiqqan holda OChL yoʼllanmasi uchun kurashishdan erta chiqib ketdi.

Endi guruh bosqichiga chiqish masalasi Tojikiston klubining Saudiya Аrabistonida arablarning “Аl Аhli” klubiga qarshi oʼyinida hal etiladi.

OChL-2020 – Ikkinchi saralash bosqichi.

“Lokomotiv” (Toshkent, Oʼzbekiston) – “Istiqlol” (Dushanbe, Tojikiston) 0:1 (0:0, 0:1).
Toshkent shahri, “Lokomotiv” stadioni.

Gol: Аlisher Jalilov (60)

Eslatib oʼtamiz, ertaga soat 14:00da Toshkentning yana bir klubi “Bunyodkor” yoʼllanma uchun kurashni boshlaydi. Bu yoʼlda ularning dastlabki raqibi Iroqning “Аl Zavra” jamoasi boʼladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169