Toshkent shahrida harbiy xizmatchilar oʼrtasida badminton boʼyicha musobaqa oʼtkazildi

Toshkent shahrida badminton sport turi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar oʼrtasida sport musobaqasi oʼtkazildi.

Poytaxtimizdagi “Chorsu” sport klubi bazasida boʼlib oʼtgan ushbu musobaqa Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʼishlab tashkil qilindi.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy oʼtgan musobaqada 60 dan ziyod harbiy xizmatchilar gʼoliblik yoʼlida oʼz omadlarini sinovdan oʼtkazishdi.

Musobaqa yakunida gʼolib va sovrindorlar Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169