5 ta muhim tashabbus: toʻrtkoʻllik yoshlarga Prezident sovgʻalari topshirildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi 918-sonli “2019-2023-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda koʻplab sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etilmoqda.

Qolaversa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq olis hududlarda ham sport obyektlari ishga tushirilib, yoshlarni sportga keng jalb etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotir. Natijada sport bilan shugʻullanayotgan yoshlar safi kun sayin ortib bormoqda.

5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash boʻyicha Respublika ishchi guruhi aʼzolarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi munosabati bilan Toʻrtkoʻl tumani aholisi oʻrtasida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etildi. Mazkur ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarida 3 000 ga yaqin aholi ishtirok etdi.

Shuningdek, Respublika ishchi guruhi aʼzolari tumandagi yosh sportchilar bilan ham uchrashdi hamda ularga Jahon va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat yor boʻlishini tilashdi. Shu kunning oʻzida Prezident sovgʻalarini Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Sharifjon Moʻminjonov tumandagi yosh sportchilarga topshirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.02.2020 | 21:52
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169