Ruslan Mustaev Oʼzbekiston gimnastika federatsiyasi raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi

Oʼzbekiston gimnastika federatsiyasida (OʼGF) navbatdan tashqari konferensiya boʼlib oʼtdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʼrinbosari Oybek Kasimov, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, Oʼzbekiston gimnastika federatsiyasi raisining birinchi oʼrinbosari Ruslan Mustaev va federatsiya vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda federatsiyaning rahbariyati va hujjatlarni yuritish masalalari, shuningdek, 2020 yil uchun moʼljallangan sport tadbirlarining taqvim rejasi hamda federatsiyaning faxriy tarkibini koʼrib chiqish kun tartibining asosiy masalalari boʼldi. 

Konferensiya ishida federatsiya direktori G.V.Izrailbekova soʼzga chiqib, oʼz faoliyati davomida Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi, hukumat qarorlari, meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishini taʼkidladi. Bundan tashqari ijro intizomi hukumat topshiriqlarining oʼz vaqtida yuqori darajada bajariladigan jihat ekaniga toʼxtalib oʼtildi. 

Tadbir davomida nafaqat Oʼzbekiston gimnastika federatsiyasi, balki hududiy boʼlinmalar faoliyatida ijro intizomiga soʼzsiz rioya etish, belgilangan vazifalar va topshiriqlarni oʼz vaqtida sifatli bajarish, joylarda qatʼiy tartib va intizomni taʼminlash zarurligiga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, federatsiyaning hududiy boʼlinmalar vakillari delegatlarni joylarda amalga oshirilgan ishlar, sport bazalarining texnik holati va jihozlanishi bilan tanishtirishdi.

Federatsiya boshqaruvi 2018 yil mart oyidan beri Oʼzbekiston gimnastika federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ruslan Bulatovich Mustaev qoʼlida boʼlib turgandi. Bugungi konferensiyada OʼGF aʼzolari Ruslan Mustaevni federatsiya raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borishini tasdiqlashdi.

Shundan soʼng konferensiya delegatlari tomonidan sportchilar va ularning murabbiylarini tuman, mintaqaviy va Respublika sport tadbirlaridagi ishtirokini legallashtirishga doir umumiy masalalar muhokama qilindi. 

Konferensiya yakunida federatsiya faxriy aʼzolariga sertifikatlar topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169