U-23 Osiyo chempionati: Tokio-2020 sari muhim qadam tashladik...

Shu kunlarda Tailand yashil maydonlarida davom etayotgan futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatida bugun barcha yarim finalchilar aniqlandi. Quvonarlisi, vakillarimiz ham Tokio-2020 olimpiadasiga beriladigan yoʻllanmalar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Lyubinko Drulovich shogirdlari chorak finalda “D” guruhi gʻolibi Birlashgan Arab amirliklari futbolchilarini yirik – 5:1 hisobida magʻlub etishdi. Vaholanki, uchrashuvni amirliklar jamoasi koʻtarinki ruhda boshlab, dastlabki daqiqalarda olimpiyachilarimizni oʻz jarima maydonchasiga qamab qoʻyishgandi. Natijada 13-daqiqaga kelib Zayd al Amirining kuchli zarbasidan keyin raqiblarimiz hisobda oldinga chiqib olishdi.

Biroq, bu kecha Drulovich shogirdlarini toʻxtatib qolishning imkoni yoʻq edi. Oʻtkazib yuborilgan goldan koʻp oʻtmay Ilhom Alijonovning uzoqdan yoʻllagan kuchli zarbasi darvoza toʻridan joy oldi – 1:1. Keyin esa katta sahnaga Oybek Bozorov chiqdi. Avvaliga uni jarima maydoni ichida yiqitdi va hakam 11 metrlik nuqtani koʻrsatdi. Terma jamoamiz sardori Islom Qobilov bu safar xatoga yoʻl qoʻymadi va jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusga yaqin Bozorovning oʻzi hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirib qoʻydi.

Tanaffusdan keyin ham vakillarimiz boʻshashmadi, aksincha, ishonchli harakatlari bilan oʻyinni nazorat qilishdi. 84-daqiqada Jasur Yaxshiboyev ham oʻz nomini tabloga yozib qoʻygan boʻlsa, hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda zaxiradan maydonga tushgan Nurillo Toʻxtasinov oʻyinga yakuniy nuqtani qoʻydi – 5:1 va olimpiyachilarimiz sakkiz yil muqaddam “Jar” stadionida qayd etilgan alamli magʻlubiyat uchun raqiblaridan munosib revansh olishdi.

Yarim finalda vakillarimiz Saudiya Arabistoni olimpiyachilari bilan kuch sinashadi. Ikkinchi yarim final juftligini Avstraliya va bugun Iordaniyani uyiga kuzatib qoʻygan “S” guruhi gʻolibi Janubiy Koreya olimpiya terma jamoalari tashkil qilishdi.

U-23 Osiyo chempionati. ¼ final

BAA o.t.j. – Oʻzbekiston o.t.j. – 1:5 (1:3). Bangkok, “Rajamangala” stadioni.

Gollar: Zayd al Amiri (13) – Ilhom Alijonov (16), Islom Qobilov (26, penalti), Oybek Bozorov (41), Jasur Yaxshiboyev (84), Nurillo Toʻxtasinov (90+4).

BAA o.t.j.: Muhammad Hasan al Shamsi, Muhammad Ali al Mahri, Halifa Muborak al Hammari, Majid Ibrohim Salim (Muhammad Umar al Attas 46), Zayd Abdulla al Amiri, Ali Solih Amro, Abdulla Ramada Bekhit, Xalfan Hasan al Hammadi, Yahyo Nodir al Sharif (Yahyo Ali al Gassani 70), Majid Rashid al Mehrzi, Said Ali Suvaidan.

Oʻzbekiston o.t.j.: Abduvohid Neʼmatov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov (Dilshod Saitov 88), Abdulla Abdullayev, Aziz Gʻaniyev, Jasur Yaxshiboyev, Bobur Abduxoliqov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov (Doston Ibragimov 76), Oybek Bozorov (Nurillo Toʻxtasinov 65).

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169