Yilning ilk Gran-prisi oldidan Toshkentda yigʼin boshlandi

Dzyudo boʼyicha Oʼzbekiston kattalar terma jamoasining Tel-Аviv Gran-prisi oldidan soʼnggi oʼquv-mashgʼulot yigʼini boshlandi.

Xabaringiz bor, terma jamoamiz oʼn kun davomida Аvstriyaning Zaltsburg Federal yeriga qarashli Mitterzill shaharchasida joylashgan bazada mashgʼulot oʼtkazgan edi. Ushbu xalqaro oʼquv-mashgʼulot yigʼinida yigirmadan ziyod davlatning mingdan ziyod dzyudochilari ishtirok etgan edi.

Kechadan esa mashgʼulotlar Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi qoshidagi sport zaliga koʼchdi. Bosh murabbiy Ilias Iliadis yordamchilari bilan birga Isroilga yoʼl oladigan tarkib dzyudochilarini murosasiz bellashuvlarga tayyorlayapti. Toshkentdagi yigʼin 20 yanvarga qadar davom etadi.

Terma jamoamiz delegatsiyasi mavsumning ilk IJF musobaqasi - Tel-Аviv Gran-prisiga 21 yanvar kuni joʼnab ketadi. Isroildagi boʼlajak turnir gʼoliblari 700 reyting ochkosini qoʼlga kiritadilar. Bu esa tobora qisqa fursat qolayotgan Tokio-2020 Olimpiadasi uchun qimmatli ballardir. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169