Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Davlat xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish boʻlimi boshligʻi Xurshid Rixsiboyevich Yunusov 39 yoshga toʻldi.

Xurshid Yunusov 1981-yilning 16-yanvarida azim Toshkent shahrida tavallud topgan. 1998-2004-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi sifatida boshlagan X.Yunusov keyinchalik bir qator tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan. 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Davlat xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish boʻlimida bosh mutaxassis, 2019-yildan eʼtiboran mazkur boʻlim boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Xurshid Yunusovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda kelgusi faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
03.08.2020 | 22:25
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169