Oʻzbekiston gandbol federatsiyasida 2019-yil sarhisob qilindi va Yangi yil rejalari belgilab olindi

Kecha Oʻzbekiston gandbol federatsiyasining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda gandbol federatsiyasining barcha hududiy boʻlimlari rahbarlari, erkaklar va ayollar milliy terma jamoalarining murabbiylari hamda sport faxriylari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda dastlab gandbol sportini rivojlantirish borasida 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Shuningdek, yigʻilishda 2020-yilgi sport mavsumida Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida ishtirok etish, musobaqalarni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash, Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etish hamda oldinda qilinadigan ishlar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Yigʻilish yakunida esa 2019-yil davomida Oʻzbekistonda gandbolni rivojlantirish yoʻlida munosib hissa qoʻshgan murabbiylar, hakamlar va hududiy federatsiyalar xodimlari faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169