Toshkentda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-5529-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda koʻplab ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun poytaxtimizda tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida oʻtkazilgan ommaviy yugurish musobaqasida 2 ming nafarga yaqin ishtirokchi gʻoliblik uchun bahslashdi.

Ommaviy yugurish musobaqasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi tuzilmalar (Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DXX, Ichki ishlar vazirligi va h.k.), shuningdek sport taʼlimi muassasalarining sportsevar yoshlari hamda poytaxtimiz aholisi ishtirok etdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Sharif Moʻminjonov hamda Mudofaa vaziri oʻrinbosari, polkovnik Hamdam Qarshiyevlar soʻzga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.

Ommaviy yugurish musobaqasiga Mudofaa vazirligiga qarashli “Jasorat” muzeyi oldidan start berildi va qatnashchilar jami 9 300 metrlik masofani yugurib oʻtgan holda “Xalqlar doʻstligi” maydoni oldida barpo etilgan marra chizigʻini kesib oʻtishdi.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

Erkaklar:

  1. Yevgeniy Fadeyev (Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi) – 27 daqiqa 55 soniya;\
  2. Toshquvvatov Otabek (Mudofaa vazirligi) – 27:58;
  3. Zikrillo Mamatqulov (Ichki ishlar vazirligi) – 28:05;
  4. Vladislav Mamedov (Mudofaa vazirligi) – 28:29;
  5. Andrey Petrov (Ichki ishlar vazirligi) – 28:42;
  6. Baxtiyor Oʻtkirov (Mudofaa vazirligi) – 29:02.

Ayollar:

  1. Marina Xmelevskaya (Mudofaa vazirligi, Rio-2016 ishtirokchisi) – 31:48;
  2. Nurxon Muhiddinova (Mudofaa vazirligi) – 32:51;
  3. Kamola Ablayeva (Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, Samarqand) – 34:38;
  4. Tamilla Qoʻchqorova (Mudofaa vazirligi) – 34:45;
  5. Sevara Choriyeva (Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti) – 40:05;
  6. Madina Turgʻunova (17-sonli umumtaʼlim maktabi) – 42:30.

Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan taʼsis etilgan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir yakunida taniqli sanʼatkorlar hamda Mudofaa vazirligi ansambli ishtirokidagi badiiy chiqishlar esa yigʻilganlarda bir olam taassurot qoldirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.09.2020 | 18:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169