Fargʻonada sport tadbirlari boʻlib oʻtdi

Bugun erta tongdan Fargʻona shahridagi Al-Fargʻoniy koʻchasi boʻylab 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari oʻrtasida yugurish marafoni hamda Fargʻona davlat universiteti oʻyingohida 4000 nafarga yaqin turli soha vakillari, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Shundan soʻng Sharqiy harbiy okrugga qarashli Fargʻona dala–oʻquv maydonida “Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Ushbu festivalda sportning taekvondo, belbogʻli kurash va kurash turlari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, sportning mast-restling turi boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari, mahalliy aholi va uyushmagan yoshlar oʻrtasida musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa gʻoliblari Fargʻona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining esdalik sovgʻalari hamda diplomi bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.09.2020 | 18:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169