Toshkentda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqalari boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha harbiy qismlar va harbiy muassasalarda iqtidorli sportchilar ishtirokida musobaqalar boʼlib oʼtmoqda.

Shunday sport musobaqalari Toshkent shahar Mirzo Ulugʼbek tumanida futbol va voleybol boʼyicha boʼlib oʼtdi. Musobaqalarda futbol va voleybol boʼyicha jami 115 nafar harbiy sportchi ishtirok etdi.

“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida boʼlib oʼtgan musobaqalar yakuniga koʼra gʼolib va sovrindorlar quyidagicha koʼrinish oldi:

Futbol

1-oʼrin. Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Mirzo Ulugʼbek tuman Kengashining “Yoshlar” jamoasi

2. Toshkent harbiy okrugining “Аmir Temur” jamoasi

3. Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Аrslon” jamoasi

Voleybol

1. TVO shirin harbiy okrugi “BSSO” jamoasi

2. Mudofaa vazirligi Toshkent shahar harbiy qismining “Burgut” jamoasi

3. Toshkent harbiy okrugining “Jasorat” jamoasi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
28.09.2020 | 09:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169