www.uza.uz saytida eʼlon qilingan “Sport murabbiysi firibgar ekan...” nomli maqola yuzasidan

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi rasmiy saytida eʼlon qilingan “Sport murabbiysi firibgar ekan...” nomli maqola yuzasidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Hasanboyev Abduvohid Asqarovich 1985-yilda Fargʻona viloyatining Yozyovon tumani “Yangi massiv” MFY 2-uy 8-xonadonda tugʻilgan. Uylangan, 3 nafar farzandi bor.

2004-2010-yillar davomida sportning taekvondo ITF turi bilan shugʻullangan. 2010-yildan 2016-yilga qadar esa taekvondo VTF sport turiga oʻtgan hamda trener sifatida Yozyovon tumanidagi Markaziy oʻyingohda mashgʻulotlar olib borgan.

2009-yilda Abduvohid Hasanboyev tomonidan “Olimjonov Solijon Oxunovich” nomli xususiy tadbirkorlik subyekti ochilib, u hozirgi kunga qadar tadbirkorlik yoʻnalishida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelmoqda.

A.Hasanboyev trenerlik attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtolmaganligi sababli ayni paytda trenerlik faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Qolaversa, A.Hasanboyev Fargʻona viloyatidagi sport taʼlim muassasalarida shu kungacha trenerlik faoliyatini olib bormagan va hozirda trener sifatida roʻyxatda turmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169