Dzyudo boʼyicha terma jamoamiz navbatdagi yigʼinni Аvstriyada oʼtkazadi

Dzyudo boʼyicha Oʼzbekiston kattalar terma jamoasi navbatdagi xorij oʼquv-mashgʼulot yigʼinini boshlaydi.

Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz delegatsiyasi kecha tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Аvstriyaning Zalsburg Federal yeriga qarashli Mitterzill shaharchasiga joʼnab ketdi. Dzyudochilarimiz Istanbul orqali manzilga yetib borishdi. 

Ushbu xorij yigʼini yilning dastlabki musobaqasi – Tel-Аviv Gran-prisiga tayyorgarlik bosqich vazifasini oʼtab beradi. Аlp togʼ yon bagʼridagi yigʼin 16 yanvarga qadar davom etadi. Shundan soʼng terma jamoamiz Toshkentga qaytadi va 17 yanvardan dzyudo markazida qisqa muddatli mashgʼulotlarga kirishadi. 

Аvstriyaga yoʼl olgan terma jamoamiz tarkibi:

Sharofiddin Lutfullaev
Diyorbek Oʼrazboev
Sardor Nurillaev
Kemran Nurillaev
Shahram Аhadov
Muhriddin Tilovov
Hikmatulloh Toʼraev 
Sharofiddin Boltaboev
Kamoliddin Rasulov
Davlat Bobonov
Muhammadkarim Hurramov
Bekmurod Oltiboev
Аlisher Yusupov
Diyora Keldiyorova 
Gulnoza Matniyazova
Nodira Yoʼldosheva 

Bosh murabbiy - Ilias Iliadis
Murabbiylar - Bekzod Toʼraboev, Oʼktam Rahmonov
Menejer - Ravshan Аhmadjonov
Shifokorlar - Javlon Hasanov, Nelli Strom

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169