Gulistonda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab yugurish marafoni tashkil etildi

Mazkur tadbir Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi F-5529-sonli farmoyishi va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 31-dekabrdagi 2282-sonli buyrugʻi, shuningdek Sirdaryo viloyati hokimining 2019-yil 14-dekabrdagi 325-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Marafon musobaqalarida 400 nafardan ortiq ishtirokchi gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Qizgʻin va murosasiz oʻtgan musobaqalar yakunida 1-oʻrinni harbiy xizmatchilar oʻrtasida Shirin shahar harbiy qism xodimi Abdullayev Javohir egalladi.

Erkaklar oʻrtasida aholi va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida oʻtgan musobaqada esa gʻoliblik Guliston davlat universiteti talabasi Viktor Surenkoga nasib etdi. Mazkur yoʻnalishda ayollar oʻrtasida oʻtgan bahslarda ham Guliston davlat universiteti talabasi, yaʼni Darya Andropovaga teng keladigan raqib topilmadi.

Faxriylar oʻrtasida 1-oʻrinni viloyat suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan BOʻSM yoʻriqchi-uslubchisi Hakimjon Sharipov qoʻlga kiritdi.

Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunini hududlarda keng nishonlash maqsadida Sirdaryo viloyati tuman (shahar)lar va Guliston shahrida harbiy xizmatchilar hamda aholi oʻrtasida bir qator ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.09.2020 | 18:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169