Velosportchi Murodjon Xolmurodovga Urganchda uy sovg‘a qilindi

Taniqli o‘zbek velosportchisi Murodjon Xolmurodov 1982 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug‘ilgan. Sportning ushbu turining dastlabki saboqlarini tumandagi bolalar-o‘smirlar sport maktabida olgan.

U faoliyati mobaynida nafaqat shosse, shuningdek trek yo‘nalishida jahon va qit'a chempionatlarida, Osiyo kubogi va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarning g‘olibi va sovrindori bo‘lgan. Velosportchimiz 2012 yili London shahrida uyushtirilgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida vatanimiz sharafini himoya etgan.

Quvonarlisi, o‘tgan yili Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) unga 2020 yili Yaponiya davlatining Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan velosportning shosse yo‘nalishida qatnashishi uchun yo‘llanmani taqdim qildi.

Albatta, uning o‘zbek sporti sha'nini ulug‘lash yo‘lidagi sa'y-harakatlari besamar qolmayapti. Murodjon Xolmurodovga Xorazm viloyati hokimligi tomonidan Urganch tumanining Chandirqiyot qishlog‘ida, ya'ni Urganch shahri hududiga yaqin joyda yangi qurib bitkazilgan namunaviy uy-joy tuhfa etdi.

Bugun viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Madaminov, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi viloyat bo‘limi vakili, mohir sportchining o‘zi va uning ota-onasi yangi uyga qadam ranjida qilishdi.

O‘z navbatida mashhur velosportchi ko‘rsatilayotgan bunday e'tibor va g‘amxo‘rlik uchun hukumatimizga minnatdorlik izhor etib, bunga javoban, kelgusi musobaqalarda, xususan, joriy yilgi Olimpiadada ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, davlatimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘rsatishiga umid bildirdi.

Ayni damda, M. Xolmurodov velosportning trek yo‘nalishida ham Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘lish uchun harakat qilayotir.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169