Respublikamiz boʻylab 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan sport musobaqalari boʻlib oʻtadi

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “Bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo oʻz oilasi, Vatani hamda xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir”, deb bejiz aytmaganlar.

Mustaqil Oʻzbekistonning ertangi kelajagi, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida kechayu-kunduz tinmay xizmat qiladigan kasb egalari – bu Vatan himoyachilari, mard oʻgʻlonlarimiz hisoblanadi.

Ona Vatanning har bir qarich yeri muqaddasdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprogʻini koʻzlariga toʻtiyo aylagan, qayerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olishgan.

Oʻzbekiston istiqlolga erishgan ilk davrda, yaʼni 1992-yil 14-yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida muhim tarixiy hujjat imzolandi. Respublika Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy oʻquv muassasalari toʻgʻrisida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar mustaqil Oʻzbekiston tasarrufiga oʻtkazildi.

1993-yil 29-dekabrda esa 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb eʼlon qilindi. Shu kundan boshlab ushbu sana yurtimizda keng nishonlanib keladi. Ushbu sanaga bagʻishlab mamlakatimizning barcha hududlarida turli ommaviy-madaniy tadbirlar hamda sport musobaqalari oʻtkazib kelinadi.

Bu yil ham Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha harbiy qismlar va harbiy muassasalarda 3-13-yanvar kunlari iqtidorli sportchilar ishtirokida davra suhbatlari, master-klasslar hamda sport musobaqalari tashkil etiladi.

Jumladan, Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyiga tashrif hamda joylardagi harbiy qismlar va bilim yurtlarida sportning tosh koʻtarish, basketbol, boks, dzyudo, kurash, voleybol, futbol, sambo, regbi va yengil atletika turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishi belgilangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.09.2020 | 18:01
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169