Gandbolchi qizlarimiz xalqaro musobaqaning finaliga chiqishdi

Аvval xabar qilganimizdek, ayni kunlarda Singapur davlatining Singapur shahrida gandbol boʼyicha Janubiy-sharqiy Osiyo chempionati boʼlib oʼtmoqda.

23 dekabr kuni start olgan ushbu nufuzli musobaqada Oʼzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi ham ishtirok etishmoqda.

Kecha, 29 dekabr kuni musobaqaning erkaklar va ayollar oʼrtasidagi yarim final bahslari boʼlib oʼtdi.

Eʼtiborlisi, gandbol boʼyicha ayollar terma jamoamiz murosasiz oʼtgan bahslarda Yaponiya ayollar terma jamoasini 35:31 hisobida magʼlubiyatga uchratib, final yoʼllanmasini qoʼlga kiritdi. 

Bugun, 30 dekabr kuni vakillarimiz gʼoliblik uchun Xitoy Taypeyi ayollar terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Erkaklar oʼrtasidagi yarim final bahslarida terma jamoamiz aʼzolari omadsizlikka yuz tutishdi. Vakillarimiz Yaponiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 25:28 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bugun terma jamoamiz musobaqaning bronza medallari uchun Tailand jamoasi bilan kurash olib boradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169