Sport maskanlarida Yangi yil shukuhi

Ayni kunlarda butun dunyo boʻylab Yangi yil shukuhi kezib yuribdi. Ushbu bayramni hammadan koʻra bolajonlarimiz orziqib kutishadi. Axir qorboboning ajoyib qoʻlidan sovgʻa olish qaysi bolakayga yoqmaydi, deysiz?!

Mamlakatimizdagi sport taʼlimi muassasalarida ham Yangi yil nafasi kezmoqda. Jumladan, Termiz ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatida ham Yangi yil bayrami katta shodiyona bilan nishonlandi.

Sahnalashtirilgan bayram tadbirida Yangi yil bayramining oʻziga xos ramzi boʻlgan Qorbobo sportsevar bolajonlarga oʻz sovgʻalarini ulashdi. Shuningdek, tadbirda maktab-internat direktori Hasan Saparov tomonidan “Yilning eng yaxshi sportchi qizi” hamda “Yilning eng yaxshi sportchisi” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar, qolaversa sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston va xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishgan sportchilar, taqdirlanishdi.

Oʻz navbatida mukofotlangan yoshlar Yangi yilda yangidan yangi gʻalabalarni qoʻlga kiritishib, oʻzlari taʼlim olayotgan maskan obroʻsini yuqori koʻtarish yoʻlida astoydil harakat qilishlarini bildirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot kotibi

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
01.04.2020 | 12:35
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169