Namanganda uloq-koʼpkari boʼyicha Respublika chempionati oʼtkaziladi

Joriy yil 25-28 dekabrь kunlari Namangan shahridagi Markaziy otchoparda uloq-koʼpkari boʼyicha Respublika chempionati boʼlib oʼtadi. Unda barcha viloyatlardan kelgan 12ta jamoa gʼoliblik uchun bahslashadi.

Qayd etish kerak, ushbu milliy ot sporti uzoq yillardan beri eʼtibordan chetda qolib kelayotgan edi. Hozirda ushbu musobaqaga Oʼzbekiston uloq-koʼpkari federatsiyasi tomonidan puxta tayyorgarlik koʼrilgan holda uning mezonlari Xalqaro uloq-koʼpkari federatsiyasi nizomlariga muvofiq tashkil etilgan. Yaʼni, maydonda har bir bahsda bitta jamoadan oʼn ikki nafar chavandoz va uloqchi ot, jami yigirma toʼrt nafar ishtirokchi qatnashadi.

Bellashuvni bir nafar bosh hakam va ikki nafar yordamchi hakam boshqarib boradi. Bahs gʼolibi belgilangan muddat ichida raqib jamoa somoni – doira shaklidagi marraga tashlangan taka soniga qarab aniqlanadi. Misol uchun, bir jamoa raqib somoniga ulardan koʼproq taka ayirib tashlagan boʼlsa, oʼsha jamoa gʼolib sanaladi. Birinchi bosqichda yutgan jamoalar ikkinchi bosqichga yoʼl oladi. Mutlaq gʼoliblik uchinchi bosqich natijalariga koʼra aniqlanadi.

Hakamlar jamoasi Xalqaro uloq-koʼpkari federatsiyasi nizomiga mos tarzda bir nafar bosh hakam, ikki nafar bosh hakam yordamchisi, bir nafar bosh kotib, ikki nafar bosh kotib yordamchisi, besh nafar maydon hakami, bir nafar vaqt nazoratchisi va bir nafar musobaqa suxandonidan tashkil topgan.

Har bir jamoa oʼn ikki nafar chavandoz va uloqchi ot, bir nafar jamoa sardori, bir nafar murabbiy va bir nafar otboqardan iborat boʼladi.

Musobaqaga tayyorgarlik jarayonida Oʼzbekiston uloq-koʼpkari federatsiyasi tomonidan har bir chavandozga maxsus ID raqami berilib, tegishli tartibda federatsiya sertifikati topshirildi.

Uloq-koʼpkari boʼyicha Respublika chempionatida 1-oʼrinni qoʼlga kiritgan jamoa 30 000 000 (oʼttiz million) soʼm, 2-oʼrin sohiblariga 20 000 000 (yigirma million) soʼm va nihoyat faxrli 3-oʼringa sazovor boʼlgan jamoa esa 10 000 000 (oʼn million) soʼm pul mukofoti hamda boshqa qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:36
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169